GELIOMETR (gelio… va metr) — osmon sferasida kichik (G gacha) burchaklarni oʻlchash uchun ishlatiladigan astronomik asbob; teleskopning bir turi. Obyektivi teng ikkiga boʻlingan boʻlib, ikkala kismi birga turganda yulduz tasviri bitta, vintini burab bir-biridan siljitilsa, tasvir ikkita boʻlib koʻrinadi. Istalgan vaziyatda turgan ikki yulduz (S, va T,) orasidagi burchakni oʻlchash uchun Geliometr obyektivini oʻz oʻqi atrofida aylantirib, uni ikkiga boʻlgan chiziqni ikkala yulduzni birlashtiruvchi chiziq ustiga toʻgʻri keltiriladi. Obyektiv qismlarini siljitib T, yulduz tasviri hosil boʻlgan ikkinchi S, tasvir b-n ustma-ust tushiriladi. Siljitish qiymati maxsus shkaladan aniklanadi. Buni va obyektivning burilish burchagini bilgan holda yulduzlar orasidagi masofa va ularning vazifalari burchagi hisoblab topiladi. Geliometr yordamida yirik yulduzlarning diametrini ham oʻlchash mumkin.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые