GEKSOZALAR, CjHuO,, — molekulasida oltita uglerod atomi boʻlgan monosaxaridlar. Tabiatda keng tarqalgan. Oʻsimlik va hayvon toʻqimalarida sof holda hamda polisaxaridlar tarkibida uchraydi. Karbonil guruhiga koʻra G. aldogeksozalar va ketogeksozalarga boʻlinadi. Aldogeksozalarga mansub glyukoza, galaktoza va mannoza tabiatda erkin holda yoki glyukozidlar, polisaxaridlar hamda fosfor efirlari sifatida glikoproteidlar, glikolipidlar va b. murakkab birikmalar tarkibiga kiradi. Ketogeksozalardan eng koʻp tarqalgani — fruktoza. G. polisaxarid hamda glikozidlarni gidroliz qilish yoʻli bilan olinadi. Aldova ketogeksozalardan baʼzilari (alloza, akroza, glyunoza, galtoza) sintetik yoʻl bilan ham olingan. Geksozalar neytral va kucheiz kislotali muhitda barqaror. Barcha Geksozalar turli qandlar va ularning hosilalarini sintez qilishda asosiy xom ashyodir. Glyukoza oziq-ovqat mahsuloti va doridarmon sifatida hamda spirt sanoatida ishlatiladi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые