GEKSAXLORAN, geksaxlorsiklogeksan, GXSG, gammeksan, benzogeksaxlorid (S6N6S16) — sirtdan taʼsir etuvchi insektitsid. Texnik Geksaxloran oʻtkir, yoqimsiz hidli, pushti yoki sargʻish kulrang kristall modda. 8 izomeri mavjud. Shundan faqatgina gamma izomer kuchli insektitsidlik xususiyatiga ega. Zararkunandalarga qarshi kurashda ularning har biridan mustaqil ravishda yoki boshqa preparatlarga aralashtirib foydalanilgan. Yuqori kumulyativ xususiyatga ega boʻlganligi sababli Geksaxloranni q. x. maqsadlarida ishlatish 1970-y. dan boshlab man qilingan, ammo uning qoldiqlari hanuzgacha tuproqda aniqlanishi mumkin.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые