GEKSAMETILENDIAMIN, NH,(CH2) 6NH2 — organik birikma, kuchsiz ammiak hidli rangsiz kristallar. Mol. m. 116,21. Suyuklanish t-rasi 39— 42°, qaynash t-rasi 204—205°, zichligi 825 kg/m3. Suv, spirt, efir va b. organik erituvchilarda yaxshi eriydi. Geksametilendiamin va uning suvdagi eritmalari havodan karbonat angidrid yutadi (2% li 1 hajm eritma 20° da 11,7 hajm). Geksametilendiamin ali-fatik aminlarga xos barcha kimyoviy xossalarni namoyon qiladi. Oltin, kumush, mis, platina va b. metallarning tuzlari bilan qiyin eruvchan rangli kompleks birikmalar beradi. Karbon va mineral kislotalar taʼsirida tuzlar, mas, digidroxlorid (suyuqlanish t-rasi 258°) va digidrobromid (suyuklanish t-rasi 263°) hosil qiladi. Geksametilendiamin sanoatda adipin kislota dinitrilini mis-kobalt katalizatori ishtirokida kaytarish usuli bilan olinadi: StaC — (CH2)4-CsN+4Hj-*NH2(CH2)6NH2. G. poliamid tola (naylon) i. ch. da muhim xom ashyo hisoblanadi. U ingibitor, katalizator sifatida va b. maqsadlarda ham qoʻllaniladi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые