GAZLI INDIKATOR

GAZLI INDIKATOR (gaz va lot. indico — koʻrsataman, aniqdayman) — axborotlarni koʻrinadigan holga keltirib beradigan gaz toʻldirilgan nazorat asbobi. Unda asosan biqsima razryadnit katod sohasi nurlanishidan foydalaniladi. U katta (yuzlarcha va minglarcha nit) yorqinlik hosil qiladi. Gazli indikatorning signalli, belgili, chiziqli, matritsali xillari bor. Signalli Gazli indikator — neon indikator lampalari va kichik sath kuchlanish indikatorlari; bularda axborot nuqtalar yoki kichik yorugʻ sohalar tarzida koʻrinadi. Belgili Gazli indikatorda axborot yorugʻ elektrodlar hosil qiladigan belgilar tarzida koʻrinadi. Chiziqli Gazli indikator — analog va diskret indikatorlar; bularda axborot yorugʻ ustuncha yoki nuqta tarzida koʻrinadi. Matritsali Gazli indikatorda axborot yassi ekranda nurlanib turadigan nuqtalar majmui tarzida koʻrinadi. Gazli indikator texnika va turmushda, i. t. ishlarida, avariya vaziyatlarining oddini olishda keng qoʻllaniladi (yana q. Indikator).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x