GAZ TOʻLDIRISH STANSIYASI — avtomobillarga gaz toʻldirish kompressor st-yasi. Mamlakatni muqobil yoqilgʻiga boʻlgan ehtiyojini qondirish maqsadida 1984-y. da «Oʻzbektransgaz» ICHB tarkibida «Oʻzbekavtogaz» boshqarmasi tashkil etildi. Soʻngra u Oʻrta Osiyo respublikalari va Qozogʻistondagi jami Gaz toʻldirish stansiyasini birlashtirgan «Oʻrta Osiyoavtogaz» boshqarmasiga aylantirildi. Keyinchalik «Oʻzbekavtogaz» hududiy boshqarmasi «Oʻzdavneftmahsulot» davlat-aksiyadorlik birlashmasi tarkibiga kirdi. 1997-y. da mazkur boshqarma negizida amerika-lik hamkorlar bilan birgalikda «Gaz-kompressor» qoʻshma korxonasi tuzil-di. Oʻzbekistonda gaz sanoatinchnt rivojlanishi bilan gaz yoqilgʻisi zaxiralarini yaratish, truboprovod transporti tarmogʻini kengaytirish, shuningdek Gaz toʻldirish stansiyasilar qurishga alohida ahamiyat berildi.
Oʻzbekistonda dastlabki Gaz toʻldirish stansiyasi s 1984-y. (sutkasiga 500 avtomobilga gaz yoqilgʻisi toʻddirish quvvati b-n) Toshkent sh. da tashkil etildi. 1986-y. da yangi turdagi — blok-komplektli (sutkasiga 250 avtomobilga gaz yoqilgʻisi toʻddirish quvvatida) Gaz toʻldirish stansiyasi foydalanishga topshirildi. OʻzRda 32 Gaz toʻldirish stansiyasi s ishlab turibdi (shundan 18 tasi sutkasiga 500 avtomobilga, 14 tasi esa 250 avtomobilga xizmat koʻrsatadi, 1999). Mavjud Gaz toʻldirish stansiyasilar umumlashtirilganda sutkasiga 1 mln. 720 ming m3 yoki yiliga 370 mln. m3 siqilgan tabiiy gazni isteʼmolchilarga yetkazib beradi. Bu bilan yiliga 282 ming t neft motor yoqilgʻisi tejaladi. 1999-y. ga qadar «Gazkompressor» qoʻshma korxonasi xizmat kursatadigan avtomobillar soni 12408 ga yetdi. Umuman gazdan motor yoqilgʻisi sifatida foydalanishning rivojlantirilishi yoqilgʻiga boʻlgan talabni qondirishdan tashqari, mamlakat iktisodiga katta fonda keltiradi.
Akbarxoʻja Raximov.