GAZ TAQSIMLASH (ichki yonuv dvigatellarida) — ichki yonuv dvigateli kiritish va chiqarish organlarining davriy harakati (ochilib-yopilishi) natijasida yuz beradigan jarayon. U dvigatel silindrining yangi zaryad bilan toʻlishini (soʻrish, kirish) va ish bajarib boʻlgan gazning silindrdan chiqib ketishini (chikarish, chiqish) taʼminlaydi. Dvigatelning turi va tuzilishiga qarab, Gaz taqsimlash klapan (qopqoq)li, shaybali, zolotnikli (klapansiz), tirqishli va aralash boʻlishi mumkin. Kema va teplovoz ichki yonuv dvigatellari (dizellar)dagi Gaz taqsimlash tizimida qoʻshimcha kulachoklar va reversiv qurilmalar (q. Revers) boʻladi. Bular dvigatel tirsakli valining aylanish yoʻnalishini oʻzgartirishga imkon beradi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые