GAZ PECHI — tabiiy gaz, koks, generator gazi, domna gazlari yoki ularning aralashmalari bilan ishlaydigan pech. G. p. ning tuzilishi oddiy, oʻtga chidamli gʻishtdan teriladi. Qattiq yoqilgʻi yoki suyuq yonilgʻi bilan ishlaydigan pechlarni Gaz pechiga aylantirish oson. Buning uchun ularga gaz gorelkalari oʻrnatish kifoya. Gaz pechi oyna, poʻlat, rangli metallarni eritishda, metallarni prokatlash va shtamplash oldidan qizdirishda, metall buyumlarga termik ishlov berishda, non yopish hamda qandolat mahsulotlarini pishirish, quritish va b. uchun ishlatiladi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые