GAZ PAYVAND

GAZ PAYVAND, gaz bilan payvandlash — metallarni gaz alangasida suyuqlanish t-rasigacha qizdirib biriktirish. Yonilgʻi sifatida atsetilen, metan, propan, b. ishlatiladi. Gaz payvandda eriydigan chok simi qoʻllaniladi. Yupqa poʻlat detallar, choʻyan buyumlar, rangli metallar va qotishmalardan iborat birikmalarni payvandlashda keng qoʻllaniladi. Quvurlar, t. y. relyelari va b. choklarini payvandlashda gaz-presslash usulidan foydalaniladi. Bunda choklar payvandlash gorelkalari bilan 1—2 min. qizdiriladi, shundan soʻng quvur (yoki rels) ning ulanadigan joylari gidravlik qurilma bilan siqiladi. Shunda quvur (yoki rels) uchlari bir-biri bilan mustahkam birikib qoladi

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x