GAZ LAZER — aktiv (faol) muhiti gazlar, bugʻlar va ularning aralashmalari (SOg Ar, He+Ne aralashmasi va b.) dan iborat boʻlgan lazer. G. l. larining nurlanishi oʻta monoxromatik va yoyilish burchagi oʻta kichik boʻladi. Lazer spektroskopiyasida, golografiya, lazer texnologiyasi, materiallarga ishlov berish, tibbiyot va b. sohalarda chastotalar reperi (belgisi) sifatida qoʻllaniladi (q. Lazer).
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые