GAZ KONLARI

GAZ KONLARI — Yer poʻstining maʼlum bir qismidagi aniq tektonik strukturada joylashgan tabiiy gaz uyumlari. Tabiiy gazlar alohida gaz koni holida yoki neft bilan birga (neft-gaz konlari) uchraydi. Gaz konlari koʻp tabaqali va bir tabaqali konlarga boʻlinadi. Koʻp tabaqali Gaz konlari kesmasida bir maydonda turli chuqurlikda ustma-ust joylashgan bir qancha gaz uyumlari boʻladi. Gaz konlari kesmasining turli masofalarida har xil gaz uyumlari uchraydi. Gaz konlari fazoviy umumiylashgan gaz yigʻilish zonalarida guruhlangan va gazli yoki gaz-neftli platforma (qubbasimon doʻnglik, platforma ichki choʻkmalari va b.), geosinklinal (togʻlararo vodiylar, oʻrtaliq massiv-lari), oʻtish (togʻ etagi botigʻi) tur-lariga boʻlinadi. Koʻp tabaqali Gaz konlari gaz alohida-alohida burgʻi quduqlaridan yoki hamma tabaqani kesib oʻtgan bitta burgʻi qudugʻidan chiqariladi. Gaz konlari gazla Oʻzbeshstoi gaz havzalarn gaz kondensatlarining tarkibn va baʼzi xossalari tarkibida uglevodoroddan tashqari karbonat angidridi (SO2), azot (N), vodorod sulfidi (H2S), nodir gazlardan geliy, argon ham boʻladi. Gaz konlari sof (yoki quruq gaz) va yogʻli Gaz konlariga boʻlinadi. Sof. Gaz konlari gazlari metan (94—99%) va oz mikdorda etandan iborat. Moyli Gaz konlarida metan va etandan tashqari maʼlum mikdorda propan (S3N8), butan, izobutan (S4N|0) va pentan (S5N12) uchrashi mumkin.

20-a. oxirigacha yuzdan ortiq mamlakatda qariyb 16000 neft va gaz koni topilgan. Bulardan 400 ga yaqini suv ostida. Ular okean qirgʻogʻiga yaqin yerlarda bir necha yuz metrdan 3,5 km gacha chuqurliqdagi yotqiziqlarda joylashgan. Kaspiy dengizida, Kaliforniya va Alyaska qirgʻoklarida, Fors, Meksika (Golf-Kosta qismida) qoʻltiqlarida gaz va neft konlari paleozoy, mezozoy va kaynozoy eralarining gʻovak va darz ketgan jinslarida joylashgan. Eng katta konlardan Urengoy, Zapolyarnoye, Gazli, Medvejye konlari maʼlum. Oʻzbekistonda olinayotgan gazning bir qismi qoʻshni davlatlarga eksport qilinadi. Oʻzbekistonda 100 dan ortiq neft va gaz konlari mezozoy va kaynozoy eralari jinslaridan topilgan. Ulardan 45 tasi gazkondensat va gaz-neftli konlar boʻlib, Buxoro, Qashqadaryo, Surxondaryo, Fargʻona, Andijon, Namangan viloyatlarida va Qoraqalpogʻiston Respublikasida joylashgan. Buxoro-Xiva neft-gaz mintaqasida 17 yirik gaz koni bor (Uchqir, Dengizkoʻl, Oʻrtabuloq, Koʻkdumaloq, Zevardi va b.). Fargʻona vodiysi va Surxondaryo viloyatida gaz konlari yura, boʻr, paleogen yotqiziqlarida, Qashqadaryo, Buxoro viloyatlarida yura va boʻr, Qoraqalpogʻiston Respublikasida esa faqat yura yotqiziqlarida aniklangan. Gaz va neft uyumlari toʻplangan yotqiziqlarning umumiy qalinligi bir necha 100 m dan 10—12 km gacha. Oʻzbekistonda aniklangan gazning umumiy zaxirasi 5429 mlrd. m3, razvedka qilingani esa 489 mlrd. m3. Gazli va Shoʻrtan gaz konlari noyob konlardir. Hisor togʻlarining jan.-gʻarbida (Odamtosh, Gumbuloq), Surxondaryoda (Gajak), Ustyurtda (Shaxpaxti) katta gaz konlari bor. OPEK (neft eksport qiluvchi mamlakatlar tashkiloti) mamlakatlarida jahondagi gaz zaxirasining 40% mavjud. Shuning 28% Fors koʻrfazida. Dunyoda olinadigan gazning 10—11% OPEK mamlakatlariga toʻgʻri keladi. Jahondagi gazning 1996-y. dagi hisoblangan zaxirasi 140-103 mlrd. m3, olingan gazning mikdori 2310 mlrd. m3 ga teng. 1990-y. larda dunyo miqyosida 22 ta supergigant gaz koni boʻlgan, shundan 11 tasi RF (Gʻarbiy Sibir)da joylashgan. Fransiyada (Lak), Ja-zoirda (Xessi-RʻMel), Alyaskada (Prudxobey), Qozogʻistonda (Qorachigʻanoq, Jeriboy, Uzen), Turkmaniston-da (Shotlik, Gugurtli, «Yubiley») yi-rik gaz konlari bor. Oʻzbekistonda 1997-y. da 51,2 mlrd. m3 gaz chiqarilgan, bi-nobarin Respublika gaz chiqarish boʻyi-cha 6—7 oʻrinni egallagan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x