GAZ KOMPRESSORLI STANSIYA — tabiiy gazni qazib olish, uzatish va saqpashda gazning bosimini koʻtarib beradigan qurilma. Vazifasiga qarab, magistral gaz quvurlaridagi bosh (asosiy) st-ya, magistral gaz quvurlaridagi st-ya, yer osti gaz omborlaridagi oraliq st-ya va gazni yer qatlamlariga qayta haydaydigan st-yaga boʻlinadi. Bosh Gaz kompressorli stansiya gaz konidan kelayotgan gaz bosimini koʻtarib beradi, oraliq (yoʻldagi) Gaz kompressorli stansiya gaz quvurida bosimi kamaygan gaz bosimini koʻtarib beradi, yer osti gaz omborlaridagi Gaz kompressorli stansiya isteʼmolchiga berilayotgan gaz bosimini meʼyorlashtirib turadi, gazni yer qatlamlariga qayta haydaydigan Gaz kompressorli stansiya gazni qazib olish paytida gaz bosimini zarur darajada tutib turadi. Gaz kompressorli stansiyaning asosiy jihozi kompressor qurilmalaridan iborat. Gaz kompressorli stansiya dispetcherlik punktidan, toʻliq avtomatlashtirilgan Gaz kompressorli stansiya markaziy dispetcherlik punktidan turib boshqariladi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые