GAZ BALLONLI AVTOMOBIL — sikilgan yoki suyultirilgan yonuvchi gazlarda ishlovchi avtomobil; gaz ballonlari avtomobil shassisiga, baʼzan tepasiga oʻrnatiladi. Tabiiy gazlar, neftni kayta ishlash va qazib olishda yoʻlakay olinadigan gazlar va tosh koʻmirni qayta ishlab olinadigan koks gazlari siqilgan holatda boʻladi. Siqilgan gaz ballonga 20 MN/m2 gacha bosim bilan haydaladi. Suyultirilgan gazlar: propan-butan va propilen-butilen odatdagi t-rada suyultirilib, ballonlarga 1,6 MN/m2 bosim b-n haydaladi; suyultirilgan metan gaz atmosfera bosimida va —161,3° t-rada suyultirilib, 1 MN/m2 bosim bilan izotermik ballonlarga haydaladi. Gaz ballonli avtomobilning suyuq yonilgʻida ishlaydigan avtomobillardan afzalligi shundaki, bunda dvigatel detallari kam yeyiladi, qisish darajasini oshirish hisobiga dvigatel quvvatini oshirish imkoni boʻladi, yonilgʻi tejaladi, dvigateldan chiqadigan gazlarning zaharliligi kamayadi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые