GAZ ANALIZATORI

GAZ ANALIZATORIgazlar aralashmasi tarkibini miqdor va sifat jihatidan aniqlash uchun ishlatiladigan asbob. Dastaki va avtomatik xillari bor. Dastaki (absorbsion) Gaz analizatorida maʼlum hajmdagi gaz aralashmasi turli eritmalar toʻldirilgan bir necha idishdan birin-ketin oʻtkaziladi; bu eritmalar gazlarni yutib ogʻirlashadi. Mac, kaliy ishqor eritmasi karbonat angidridni, pirogallol eritmasi kislorodni, mis (U)-xloridning ammiakli eritmasi uglerod (77)-oksidni yutadi. Koʻpincha, gaz aralashmasidagi yonuvchi gazlarni turli sharoitlarda mis (/U)-oksid bilan birga qizdirib yondirish usulidan ham foydalaniladi. Maye, vodorod, uglerod (UU)-oksid va metan miqdori shu tariqa aniqlanadi. Avtomatik Gaz analizatorida asosan gaz aralashmasining turli fizik xossalari (mas, elektr oʻtkazuvchanligi, bosimi, massasi, hajmi, t-rasi, magnitlanish xususiyati) uzluksiz qayd qilib boriladi. Ishlash tarziga koʻra, volyumetrik (kimyoviy Gaz analizatori), termokimyoviy, termokonduktometrik (elektr Gaz analizatori), elektr-kimyoviy, densimetrik, magnit, optik, radioaktiv xillari boʻladi. Bulardan tashkari, ultrabinafsha Gaz analizatori xam bor. Bunday asbobda gazlar aralashmasi tarkibidagi galogenlar, simob bugʻlari, baʼzi organik birikmalar miqdori aniklanadi. Gaz analizatori sanoatda, tibbiyotda, i. t. ishlarida qoʻllaniladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x