GAUR

GAUR (Bos gaurus) — juft tuyoqlilar turkumining quvushshoxlilar oilasiga mansub yovvoyi qoramol. Hindiston, Nepal, Hindixitoy ya. o. da tarqalgan. Gaur 10—12, baʼzan 30—40 tadan poda boʻlib, 600—1700 m balandlikdagi togʻ oʻrmonlarida yashaydi, oʻsimliklar bilan oziqpanadi. Erkagi tanasining uz. 3 m ga yaqin, boʻyi 2,2 m cha. Urgʻochisi kichik boʻlib, boʻyi 1,5 m dan ortiq boʻlmaydi. Boʻgʻozlik davri 8—9 oy, tugʻish davri may—iyundan okt. gacha. Bitta bola tugʻadi. Gaur goʻshti va terisi uchun ovlangan. Jahon «Qizil kitobi»ga kiritilgan. Hindistonda qoʻlga oʻrgatilgan. Xonaki xili gayal deb ataladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x