GATCHINA

GATCHINA (1923-29 y. larda Trosk, 1929—44 y. larda Krasnogvardeysk) — RF Leningrad viloyatidagi shahar (1796-y. dan). Sankt-Peterburgdan 45 km jan.gʻarbdagi t. y. tuguni. Sankt-Peterburg — Pskov avtomobil yoʻli yonida. Aholisi 81,3 ming kishidan ziyod (1999). Mashinasozlik va metallsozlik korxonalari, mebel f-kasi, oʻlkashunoslik muzey i bor. G. 1499-y. dan Xotchino qishlogʻi sifatida maʼlum. 18-a. boshida Gatchina — malika Natalya Alekseyevnaning, 1765-y. dan graf G. G. Orlovning mulki (uning davrida saroy-park ansambli qurilishi boshlangan). 1783 — 96 y. larda knyaz Pavel Petrovich (imperator Pavel 1), 1881—83 y. larda imperator Aleksandr III qarorgohi. 18-a. Saroy-park majmuasi, Priorat saroyi (1798—99), Saroy parki va b. parklar saqlangan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x