GASHEK

GASHEK Yaroslav (1883.30.5, Praga – 1923.3.1, Lipnitse) — chex hajvchi yozuvchisi. Uning ijodida ijtimoiy satira asosiy oʻrinni egallaydi. «Qotil sud oldida» (1907), «Shaxtadagi falokat» (1908) hajviy asarlarida Avstriya monarxiyasi tanqid qilinib, uning zulmiga qarshi chex va b. xalqlar noroziligi ifodalangan. Gashek asarlarida Avstriya davlat mahkamalari, firqalar, axloq va madaniyat, cherkov va ruhoniylar dunyosidagi illatlar tanqid qilinadi, milliy va ijtimoiy zulm ostida qolgan xalkning ogʻir ahvoli tasvirlanadi. 1-jahon urushi arafasida «Shovvoz askar Shveyk va boshqa ajoyib voqealar» (1911) hikoyalar toʻplami unga katta shuhrat keltiradi. «Shovvoz askar Shveykning jahon urushidagi sarguzashtlari» hajviyrealistik romani (1921—23, asar tugallanmay qolgan) urushga va milliy zulmga qarshi yozilgan. Unda xalqning ogʻir turmushi yorqin obrazlarda aks ettirilgan. Bu asar koʻplab xorijiy tillarga, shuningdek «Shovvoz Shveykning boshidan kechirganlari» nomi bilan oʻzbek tiliga tarjima qilingan (1971).

As: Yovgʻon shoʻrva. Hikoyalar, T., 1963.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x