GARVARD ASTRONOMIYA RASADXONASI — Garvard universitetinint i. t. muassasasi. 1839-y. da qurilgan, 1955-y. da Kembrijdagi Smitson astrofizika rasadxonasiga birlashtirilgan. Garvard astronomiya rasadxonasi meteorlarni fotografik usulda kuzatish, oʻzgaruvchan yulduzlar va metagalaktikani oʻrganish, kosmologiya va b. ishlar b-n shugʻullanadi. Asosiy asboblari: 1,5 m li reflektor, 60 va 80 mm li Shmitd teleskopi, 18 mm li radioteleskop va b. Rasadxonada koʻp yillar davomida olingan yarim milliondan ortiq fotosuratlar saqlanadi. Garvard astronomiya rasadxonasi tarkibiga: un-tning oʻzida joylashgan astronomiya rasadxonasi (1844-y. dan). Boston, Klaymaks (AQSH, Kolorado shtati) va Blumfonteyn (JAR) da joylashgan astronomiya va meteorlarni kuzatish st-yalari kiradi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые