GARRIK (Garrick) Deyvid (1717.19.2, Xereford — 1779.20.1, Eltron, London yaqinida) — ingliz aktyori. Yevropa teatrida maʼrifiy realizm asoschisi va sahna islohotchilaridan biri. Teatr jamiyatni tarbiyalovchi vosita deb hisoblagan. 1742—76 y. lar «Druri-Leyn» (London) teatrida ishlagan. U Shekspir asarlarida bosh rollar (Hamlet, Otello va b.)ni oʻynab shuhrat qozongan.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые