GARMSEL

GARMSEL (toj. garm — issiq, sel — oqim) — issiq quruq shamol. G. Oʻrta Osiyodagi mahalliy shamollardan biri, asosan Kopetdogʻ oldida, Gʻarbiy Tyanshanda va tog oldi tekisliklarida esadi. Havo massasining atom bosimi yuqori boʻlgan zonadan intensiv koʻchishi natijasida hosil boʻladi. Jan. va Sharkdagi togʻ massivlari havo massalarining gorizontal harakatiga toʻsqinlik qiladi. Shuning uchun yakinlashayotgan front tomon harakatlanayotgan havo yuqori qatlam havosi bilan almashadi. Havo massasining bevosita togʻlar ustida pasayib boradigan bu harakati yon bagʻridan pastga va vodiyga qarab esadigan fyon (togʻli joylarda esadigan issiq quruq shamol) tusini oladi. Garmselning tezligi turlicha: yengil shabadadan juda kuchli shamol (shtorm) tezligi (0,2 m/s — 25 m/s) gacha boʻlishi mumkin. Iliq havo massasining pastga tushishi tufayli havoning yer ustki qatlami t-rasi keskin koʻtarilib, 40° dan ham oshadi, nisbiy namligi esa ancha kamayadi. Balandlikdagi havo qatlamlari qancha issiq va quruq boʻlsa, ular qancha katta balandlikdan tushsa, yer yuzasiga yetib kelganda ularning t-rasi shu qadar yuqori, namligi esa kam boʻladi. Oʻrta Osiyo hududi Garmsel tez-tez esib turadigan r-nga kiradi. Garmsel koʻp esadigan r-nlar: Qizilarvot, Taxtabozor, Chorshanga, Quyi Panj, Xoʻjand, Koʻkorol va b. G. Buxoro, Samarkand, Sirdaryo, Toshkent viloyatlarida tez-tez esib turadi. Fargʻona vodiysida kamroq kuzatiladi. Garmsel yilning hamma fasllarida esishi mumkin, lekin yoz yaqinlashgan sayin Garmsel takrorlanishi ortib boradi. Tuprogʻi quruq boʻlgan joylarda Garmsel esganda sharqiy shamolning tezligi ortishi bilan toʻzonli boʻron paydo boʻladi. Garmsel qurgʻoqchilikning takrorlanishiga sabab boʻladi. Garmsel bahor va yezda q. x. oʻsimliklariga katta zarar yetkazadi. Quruq issiq shamol tufayli transpiratsiya va yalpi bugʻlanish kuchayadi; issiq qum va chang oʻsimlik tanasini jarohatlaydi, natijada oʻsimliklarda suv balansi buziladi va ularning ayrim qismlari quriydi va oʻladi, mevalari rivojlanmay qoladi; ayniqsa yosh novdalar, qotmagan boshoqlar, gʻoʻzaning shonasi, guli va koʻsaklari zararlanadi. Uzoq esadigan Garmsel aynqiksa xavflidir. Garmselning zararli taʼsirini kamaytirish maqsadida dala atrofiga ihota daraxtlari oʻtqaziladi, sugʻorish tuproq namini saqlab qolishga yordam beradigan tadbirlar bilan birgalikda amalga oshiriladi. Garmsel singari shamollar Oʻrta Osiyodan boshka joylarda ham uchraydi (mas, Misrda «xamsin», Arabiston ya. o. da «samum», Jazoirda «sirokko» deb ataladi).

Svetlana Chanisheva, Hamid Abdullayev.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x