GARMIYON — mayiz turi. Gʻujumi yirik va urugʻli Kattaqoʻrgʻon, Nimrang, Sultoniy kabi uzum navlaridan tayyorlanadi. Uzum boshi savatga solinib, 0,3—0,4% li qaynoq ishqorli eritmaga 3—5 min. botirib olinadi va oftobda quritiladi. Garmiyon rangdor boʻlsin uchun uzum ishqorga (kaustik soda eritmasi) botirilgandan soʻng oltingugurt bilan dudlanadi va quritish maydonchasiga yoyiladi (q. Dudlash). Quritish 4 — 12 kun davom etadi. 26—30% mayiz tushadi. Garmiyon yirik, xushxoʻr, sershira (q. Mayiz solish).
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые