GAPLOID

GAPLOID (yun. haploos — yakka, oddiy va eidos — tur) — boshlangʻich tur somatik xromosomalari toʻplamining faqat yarmigagina ega boʻlgan individ. Boshlangʻich tur asosiy xromosomalar toʻplamini (p) oʻzida tuliq saqlovchi Gaploid eugaploid deyiladi. Aneugaploid (geterogaploid) — xromosomalar toʻplamida butun bir xromosoma yoki uning segmenti ortiq yoki kam boʻlgan Gaploid dir. Diploid turlardan kelib chiqqan monogaploidlar va poliploid turlardan kelib chiqqanpoligaploidlar farqlanadi (q. Poliploidiya). Bir necha bir xil genomlarni oʻz ichiga oluvchi poligaploidlar — avtopoligaploidlar, har xil genom xromosomalar toʻplamini oʻzida saqlovchilar esa — allopoligaploidlar deyiladi.

Haroratning taʼsiri, yot changlar, nurlantirilgan changlar va ularning turli xildagi aralashmasi bilan changlanish gaploidiyaga sabab boʻladi. Gaploid li oʻsimliklarning organ va hujayralarining oʻlchami diploidlarnikiga qaraganda kichik boʻladi. Gaploidlarni diploidlash bilan yuqori pushtlilikka ega boʻlgan gomozigotali liniyalar yaratiladi. Gaploid gulli oʻsimliklarda keng tarqalgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x