GANSZYAN — Xitoyning sharqidagi daryo, Yanszi havzasiga mansub. Uz. 760 km, havzasining mayd. 82 ming km2. Eng yirik irmoqlari: Yuanshuy, Szin-szyan, Lyaoshuy. Nanlin togʻlaridan boshlanadi. Togʻ oraligʻidagi vodiydan oqib, Poyanxu kuliga quyiladi. Oʻrtacha yillik suv sarfi 2300 m3/sek, yoz oylarida toʻlib oqadi. Quyilish joyidan Ganchjou sh. gacha kema qatnaydi. Yogʻoch oqiziladi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые