GANJA SHARTNOMASI

GANJA SHARTNOMASIRossiya b-n Eron oʻrtasida Ganja sh. da tuzilgan shartnoma (1735-y. 10 mart). Turkiyaga qarshi urushga tayyorlanayotgan rus hukumati Eron bilan ittifoq tuzishi lozim edi. U Darband va Boku sh. larini (atrofidagi viloyatlar bilan birga) Eronga oʻtkazdi. Eron hukumati shartnomaning 1-moddasiga muvofiq, Darband va Bokuni oʻzga davlatlar egallashidan saqlash majburiyatini oʻz ustiga oldi, 2-moddasiga binoan Turkiya bosib olgan yerlarning hammasi qaytarib olinguncha turklarga qarshi urushni davom ettirishi lozim edi. 3-moddada har ikkala tomon turklar b-n taraflardan birining manfaatiga zid keladigan hech qanday muzokara olib bormaslik va sulh shartnomasi tuzishda ham birgalikda qatnashish majburiyatini oldi. Ganja shartnomasi Rossiyaning Eronda erkin savdo olib borishini taʼminlagan ilgarigi Rossiya va Eron bitimlarini ham tasdiqladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x