GANGRENA

GANGRENA (yun. gangraina — irish) , qorason — tirik tana, aʼzo yoki toʻqimalar bir qismining irib nobud boʻlishi, nekroznnsh bir turi. Barcha toʻqima va aʼzolarda (teri, teri osti yogʻ qatlami, muskullar, ichak, oʻt pufagi, oʻpka), koʻpincha qoʻl-oyoq va qorin boʻshligʻidagi aʼzolarda uchraydi. Gangrena asosan qon tomirlari kam boʻlgan soha va aʼzolar (mas, barmoqlar, qoʻl-oyoq panjasi, quloq chigʻanogʻi)da tez rivojlanadi. Toʻqima va aʼzolarning ezilishi, sovuqurishi, kuyishi, ularga qon kelmay qolishi, qon tomirlariga tromb, embol (q. Tromboz, Emboliya) tiqilib qolishi (tomirlar jarohatlanishi yoki aterosklerozda torayishi va b.), turli mexanik, kimyoviy (kislota, ishqor taʼsiri) va fizik omillar (50° dan yuqori yoki 20° dan past t-ra, alfa yo beta-nurlar) Gangrenaga sabab boʻlishi mumkin. Yurak-tomir faoliyatining, moddalar al mashinu vining buzi lishi, avitaminozlar, chekish. spirtli ichimliklarga ruju qilish va b. ham Gangrenaga olib kelishi mumkin. Quruq, hoʻl va gazli G. (q. Gazli gangrena) farq qilinadi. Halok boʻlgan toʻqimaga qon kam kelishi va shu joydagi toʻqima suyuqligining bugʻlanishi sababli toʻqima namligi tez kamayganda quruq Gangrena vujudga keladi; venalar ishlab turgani holda arteriya berkllib qolib, irigan toʻqima quriydi, qotadi, burishadi. Irigan toʻqima qurib qolguncha chirituvchi mikroblar tushsa, quruq Gangrena hoʻl Gangrenaga aylanadi. Toʻqima suyuqligi koʻp boʻlib, irish jarayoni sekin-asta avj olganda ham hoʻl Gangrena roʻy beradi. U koʻpincha ichki aʼzolar (oʻpka, ichak)da paydo boʻladi. Qoʻl-oyoq uchidagi irigan toʻqimaning qurishiga tashqi sharoit imkon bermaganda ham hoʻl Gangrena kuzatiladi. Bunda rangsiz-koʻkimtir terida qizgʻish va qoramtir venalar koʻrinadi, har joy-har joyda epidermis koʻchib, oʻrni pilchirab turadi. Hoʻl Gangrena oʻz vaqtida davolanmasa, toʻqima tobora irib, turli noxushliklarga olib keladi. Davo asosan Gangrena xavfini tugʻdiruvchi kasallikni davolashdan iborat; turli dori-darmonlar, antibiotiklar va jarrohlik usuli qoʻllaniladi. Gangrenaning oldini olish uchun kasallikka xos ilk alomatlar paydo boʻlganda darhol vrachga murojaat etish lozim.

Hayvonlarda Gangrena koʻproq oʻpka, ichak-qorin, teri, yelin, barmoq, quloq chigʻanogʻi va dumda uchraydi. Terining Gangrena boʻlgan qismi qurib qotadi, jigarrang va qora tusga kiradi. Kasallik ogʻir oʻtganda, teri koʻkarib qorayadi, shishadi, toʻqimalar yumshab, iriy boshlaydi, qon aralash iflos suyuqlik oqadi, gavda harorati koʻtariladi, yurak faoliyati buziladi, nafas olish qiyinlashadi, ishtaha yoʻqoladi.

Davosi: quruq Gangrenada pioktaninning spirtdagi 2—3% li eritmasi, gensi-anviolet, dermatol, vismut, kseroform, oq streptotsid ishlatiladi. Hoʻl Gangrenada esa nekrozning tarqalib ketishiga yoʻl qoʻymaslik va irigan toʻqimalarni tezda ajratib olish maqsadida quruq havo vannalari, sollyuks, novokain blokadasi va b. dan foydalaniladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x