GANGLIY

GANGLIY (yun. ganglion — tugun) — 1) nerv tuguni; nerv hujayralari, tolalari va ular atrofidagi toʻqimalar toʻplami. Vegetativ nerv sistemasida koʻproq, bosh miya va orqa miyada kamroq boʻladi;

2) boʻgʻim xaltasi devori yoki pay qinining oʻzgarishi natijasida paydo boʻladigan va ichida liqildoq moddasi boʻlgan shish. Koʻproq bilak-panja boʻgʻimining orqa (dorsal) tomonida uchraydi. Pianino chaluvchi, kir yuvuvchi, mashinkada yozuvchi kishilarda (erkaklarga nisbatan ayollarda koʻproq) kasb kasalligi sifatida uchrab turadi. Noʻxatdan yongʻoq kattaligigacha boʻladi. Gangliy bor odamning bilagi yoki boldiri koʻpincha ish oxirida qaqshab ogʻriydi. Gangliy oʻz-oʻzidan yoʻqolib ketishi yoki uni jarroxdik yoʻli b-n olib tashlash mumkin.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x