GAMMA-KAROTAJ

GAMMA-KAROTAJ — togʻ jinslaridagi tabiiy gamma nurlanishni burgʻi quduqlarida oʻrganish usuli. Rus olimlari G. V. Gorshkov, L. M. Kurbatov, A. G. Grammakov, V. A. Shpak (1933) tomonidan ishlab chiqilgan va tavsiya etilgan. Togʻ jinslarida tabiiy y nurlanish tarkibida U va Th ning boʻlishi, ularning parchalanish mahsullari 24lBi, 208TL va b. hamda 40K izotoplarini mavjudligiga bogʻliq. G.-k. oʻtkazish uchun integral yoki spektrometrik ssintillyatsiya apparatlari ishlatiladi. G.-k. uran va toriy rudalarini va ular bilan birga uchraydigan kaliyli tuzlar, slyudalar va nodir metallarni izlash, razvedka qilish va ulardan namuna olishda qoʻllaniladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x