GALVANOMAGNIT HODISALAR

GALVANOMAGNIT HODISALARelektr toki oqayotgan qattiq oʻtkazgichlarning elektr xossalariga magnit maidonining taʼsiri yuzaga keltirgan hodisalar. Tok oʻtayotgan oʻtkazgichda qoʻshimcha elektr potensiallar farqi hosil boʻladi yoki elektr qarshiligi oʻzgaradi. Bunga sabab magnit maidonining oʻtkazgich elektr zaryadlari harakatiga taʼsiridir. Ferromagnit metallarda Galvanomagnit hodisalarni birinchi boʻlib V. Tomson (1856) aniklagan. Galvanomagnit hodisalarga quyidagilar kiradi: Xoll effekti — magnit maydonidagi oʻtkazgichda elektr va magnit maydonlariga tik yoʻnalishda e. yu. k. paydo boʻladi,Ettingsgauzen effekti — jism (yarimoʻtkazgich)da koʻndalang yoʻnalishda t-ralar farqi hosil boʻlishiga bogʻliq,Magnit rezistiv effekt — jism (yarimoʻtkazgich)ning qarshiligi ortishi (yoki kamayishi)ni ifodalaydi; Hepnet effekti — jism (yarimoʻtkazgich) da boʻylama elektr maydoni hosil boʻlishi yoki termik e. yu. k. oʻzgarishi bilan bogʻliq. Galvanomagnit hodisalar yarimoʻtkazgichlar, kristallar, ferromagnitlar va b. dan foydalanishda hisobga olinadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x