GALMIROLIZ

GALMIROLIZ (yun. halmuros – shoʻr va lusis — parchalanish) , suvosti nurashi — birlamchi choʻkindilarning dengiz ostida erishi, oksidlanishi va b. jarayonlar taʼsirida kimyoviy va mineral tarkibining oʻzgarishi. Choʻkindi hosil boʻlish tezligi kamaysa suv osti nurashi avj oladi. Bunday hollar dengiz va okeanlarning pelagik zonalarida, suv osti tizma togʻlarida kuzatiladi. Faqat dengiz choʻkindilarida vujudga keladigan baʼzi bir minerallar (glaukonit, shamot zit va b.) ning kelib chiqishini, vulkan tuflarining suv ostida oʻzgarishi va ulardan bentonitlar va b. gillarning tarkib topishini Galmiroliz jarayoni bilan bogʻlaydilar. Galmiroliz jarayoni tezligi dengiz suvidagi tuz va gazlarning xususiyatiga va choʻkindilarning toʻplanish surʼatiga qarab aniqlanadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x