GAJJAK — meʼmorlikda ravoqlar koʻndalang kesishishi natijasida paydo boʻlgan kalqonsimon shakl. Xona devorlari ustiga, ravoqlar qatori orasiga ishlanadi. Gajjak yordamida xona devorlariga oʻrnatilgan ravoklar doyra holiga keltiriladi. Gajjak gʻoʻlalarining yugʻonligi ravoqpar orasining kengligiga bogʻliq bulib, kichik binolarda Gajjak kesmasining har tomoni 8—12 sm ga baravar buladi. Gajjakning uchlari bir-biriga va negizlari ravokdarga tiralib turadi. Baʼzan ravoq oralariga Gajjak oʻrnatilmay, hoshiya gʻishtlari gumbaz negiziga moslab teriladi. Gajjakning ustma-ust ishlangan murakkab turi ham keng qoʻllanilgan. Gumbaz os-tidagi halqa devor ravoq bilan Gajjakning tepasidan oʻtadi, shu sababli G. poyalari ravoq yoyining taxm. yarim balandligiga tiralib, uchlari esa ravoq uchlari bilan bir xil balandlikda bulishi lozim.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые