GAHCHILIK — biror metall tarkibidagi boshqa metallni (odatda, oltindan mis yoki boshqa metallni, kumushdan qalayini) ajratib olish kasbi, qadimda zargarlikning bir sohasi. Gahchilik bilan shugʻullanuvchi usta gahchi deb yuritilgan. Oʻtmishda zargarlar oltin, kumush, qalayi, qoʻrgʻoshin, mis, jez kabi metallarni bolgalab, egovlab, eritib yoki qiyib turli zargarlik buyumlari yasaganlarida ularning gʻash (yerga toʻkilgan va koʻradagi kulga erib tushgan zarra) larini gahchilarga sotganlar. Gahchilar esa ularni suvda yuvib, kul va tuproqdan, shuningdek bir-biridan ajratib olganlar. Oʻzbek zargarlari hali artellarga uyushmagan davrlarda Gahchilik keng tarqalgan. Hozir zargarlik korxonalarida biror metalldan boshqa metallni ajratish kimyoviy usulda bajariladi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые