GAGAT (yun. gagates — qora kahrabo) — toshkoʻmirning toʻq qora, oʻta yaltiroq turi. Qayishqoq. Sinish yuzasi chigʻanoqsimon. Qattiqligi 3—3,5. S ogʻ. 1,3—1,4. Dengiz loyqalari ostida koʻmilib qolgan daraxt qoldiqlarining metamorfizmga uchrashidan hosil boʻladi. Mezozoy va kaynozoy yotqiziqparida koʻpincha sof holda, baʼzan qumtosh, mergel, bir oz oʻzgargan toshkoʻmir va qoʻngʻir koʻmir qatlamlari orasida uyum yoki boʻlaklar shaklida uchraydi. Gagat oson jilolanadi. Sharq mamlakatlarida mayda zargarlik buyumlari (munchoq, tasbeh va b.) tayyorlashda ishlatiladi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые