GABION (ital. gabbione — katta katak) — tosh toʻldiriladigan sim toʻr yashik; daryo qirgʻoklarini yuvilib ketishdan asrash, suv oqimini rostlash va mustahkamlash inshootlari qurishda foydalaniladi. Odatda, uz. 3—5 m, eni va bal. 1 m atrofida, toʻr simining yoʻgʻonligi 1—6 mm boʻladi. Suvda oqib keladigan toshlar Gabion simlarini qirqib yubormasligi uchun chetlariga yirik toshlar solinadi. Gabionning usti baʼzan sement b-n suvaladi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые