FYODOROV Vladimir Ivanovich

FYODOROV Vladimir Ivanovich (1955.5.1, Toshkent viloyati — 1979.11,8, Dneprodzerjinsk sh. yaqinidagi Kurilovka qishlogʻi) — futbolchi, xalqaro miqyosdagi sport ustasi (1976). Toshkentdagi olimpiya zaxiralari bilim yurtini tugatgach, «Paxtakor» jamoasida hujumchi (1972—1979). Oliy va birinchi tabaka oʻyinlarida 187 (108+79) marta maydonga tushib, 58 (26+32)ta toʻp kiritgan. 1974 va 1976-y. da mamlakatning eng kuchli 33 futbolchisi roʻyxatidan joy olgan. Yoshlar terma jamoasi tarkibida Yevropa chempioni (1976), olimpiya terma jamoasi safida olimpiada bronza medali sovrindori (1976, Monreal). F. aviatsiya halokatida nobud boʻlgan. Kurilovka qishlogʻidan keltirilgan ramziy xoki Toshkentdagi Botkin qabristoniga dafn etilgan. Toshkent sh. dagi koʻchalardan biriga uning nomi qoʻyilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x