FUTUROLOGIYA

FUTUROLOGIYA (lot. futurum — kelajak va…logiya) — keng maʼnoda — insoniyat kelajagi, umumbashariy muammolar haqidagi umumiy konsepsiya yoki tasavvurlar majmuasi; tor maʼnoda — ijtimoiy jarayonlar hamda fantexnika taraqkiyotiga oid sohalardagi jarayonlarni izchillikda oʻrganish va kelajagini bashorat qilish imkoniyatini beradigan fan sohasi, «bashorat qilish» soʻzining sinonimi. 1943-y. nemis sotsiologi O. Fleytxeym «Futurologiya» terminini kelajak haqidagi fan sifatida ishlatishni taklif qilgan. Hoz. vaqtda Futurologiyada 2 asosiy yoʻnalish kuzatiladi. 1yoʻnalish — «ekologik pessimizm» tarafdorlari insoniyat rivojining salbiy oqibatlarini bashorat qilsalar, 2yoʻnalish — ilmiytexnikaviy optimizm namoyandalari texnologiya taraqqiyotining ijobiy imkoniyatlari asosida insoniyat sivilizatsiyasini saklab qolish mumkin, deb hisoblaydilar.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x