FURATSILLIN — bakteriyalarga qarshi kuchli taʼsir etuvchi dori. Grammusbat va grammanfiy mikroorganizmlar (stafilakokklar, streptokokklar, dizenteriya tayokchasi) ga taʼsir qiladi. Suvda kam eriydi, mazasi sal taxir, mayda kristall sariq poroshok. Furatsillin eritmasi va mazi yiringli yallimanishlarni (yaralarda, kuyganda va b.) davolashda ishlatiladi. Furatsillin ayrim antiseptik preparatlar tarkibiga kiradi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые