FUQAROVIY DAʼVO — oʻzining buzilgan huquq yoki qonun b-n qoʻriqlanadigan manfaatlarini himoya qilish maqsadida sudga murojaat qilishning protsessual vositasi. Ushbu turkumdagi daʼvolar fuqarolik, oila, mehnat, uyjoy va boshqa huquq sohalariga oid normalarning buzilishi oqibatida vujudga keladi. Shuningdek, shaxslarning jinoyat qilishi oqiba. tida fuqarolarga yetkazilgan zarar ham Fuqaroviy daʼvo tartibida qoʻzgʻatilib, undirib berishga yoʻl qoʻyiladi. Fuqaroviy daʼvo deganda, asosan, nizoli ish tushuniladi. Bunday ishlarda albatta nizolashuvchi subyektlar — daʼvogar va javobgar qatnashadi. Ular oʻrtasida daʼvo talabining boʻlishi va uning sudga taallukdi ekanligi Fuqaroviy daʼvoning zaruriy shartlaridan biri hisoblanadi. Har qanday Fuqaroviy daʼvoning moddiyhuquqiy va protsessualhuquqiy tomoni boʻladi. Daʼvoning moddiyhuquqiy tomoni deganda daʼvogarning talabi, mas, ashyoni topshirish, pul undirish, zararni qoplash va b. tushuniladi. Daʼvoning protsessualhuquqiy tomoni esa nizoni sudga taalluqligi va sud tomonidan koʻrib hal qilinishini bildiradi. Fuqaroviy daʼvoning berilishi sudda ish qoʻzgʻatish uchun asos boʻladi. Shuningdek, qonunchilikda daʼvoli ishlardan tashqari nizosiz, daʼvosiz ishlar ham sudda koʻrilishi belgilangan.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые