FTOR-KAUCHUKLAR

FTOR-KAUCHUKLAR — makromolekulasi tarkibida ftor atomi tutgan kauchuksimon polimerlar (elastomerlar). Issiqqa chidamligi, yonmasligi va yemiruvchi muhitlarga bardoshliligi b-n ajralib turadi. Geksaftorpropilen yoki triftorxloretilen bilan vinilidenftoridning sopolimerlanishidan hosil boʻlgan mahsulotlar sanoatda koʻp ishlatiladi. Bu xiddagi sopolimerlar uzoq saklanadigan, oq tusli zaharsiz mahsulot, zichligi 1830—1860 kg/m3, shishalanish trasi —20° ga yaqin, mol. m. 10 mingdan 1 mln. gacha.

Ftor-kauchuklar asosida olingan rezinalardan. sovuqqa chidaydigani perftormetilvinil efir bilan vinilidenftoridning sopolimerlanishi negizida olinadi. Bu F. ning shishalanish trasi — 40° atrofida.

Ishqorlar, turli erituvchi va oksidlovchilarga, shu jumladan, ftorga chidamli rezinalar toʻliq ftorlangan kauchuklardan, mas, triftornitrozometanli tetraftoretilen sopolimeri, issiqqa chidamli rezinalar esa perftormetilvinil efirli tetraftoretilen sopolimerlari asosida olinadi.

Monomerlarni emulsiyada radikalli polimerlash — F. ning asosiy sintez usuli hisoblanadi. Ftor-kauchuklar, asosan, moy, oksidlovchilar hamda yemiruvchi moddalar (200° va undan yuqori trada) bilan bevosita kontaktda boʻladigan asbobuskunalarning zichlovchi qismlarini tayyorlashda, kimyo sanoatida, aviatsiya va kosmik texnikada ishlatiladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x