FRITAUN

FRITAUN — SyerraLeone poytaxti. Vestern Erio ya. o. ning shim. chekkasida joylashgan. Aholisi 670 ming kishi (1990-y. lar oʻrtalari). Fritaun — mamlakatning savdosanoat va moliyaviy markazi. Atlantika okeani sohilidagi yirik port, chetga palma yongʻogʻi, moyi, kakao va olmos chiqariladi. Kema verfi, olmosga sayqal berish f-kasi, shakarqand, kislorod, sement, neftni qayta ishlash z-dlari mavjud. Unt, kollejlar, milliy muzey, kutubxonalar bor. Shaharga 1792-y. da inglizlar tomonidan asos solingan. 1961-y. 27 apr. dan mustakil SyerraLeone davlati poytaxti.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x