FREYDIZM

FREYDIZM — 3. Freyd falsafiyantropologik va psixologik konsepsiyasining va shu asosda rivojlangan jami taʼlimotlar va maktablarning umumiy nomi. Freydizm inson, jamiyat va madaniyatga taalluqli hodisalarni tushuntirish uchun Freydning psixologik taʼlimotini qoʻllashga harakat qiladi. Freydizm insondagi 2 xil instinktga katta eʼtibor beradi: birinchisi — hayotni davom ettirishga karatilgan jinsiy instinktlar, ikkinchisi — hayotni barbod qilishga yoʻnaltirilgan vayronkor (destruktiv) instinktlar. Bu instinktlar guruhining har biri oʻz quvvat manbaiga ega. Birinchisiniki — nafs (libido), ikkinchisiniki — tajovuzkorlik. Freydga kura, inson hayotida jinsiy nafs va tajovuzkorlik quvvati ijobiy evrilishga uchraydi, yaʼni ijtimoiymadaniy qadriyatlar yaratishga qaratiladi, evrilishning turlari sportda, akdiy mehnatda, ijod va b. sohalarda namoyon boʻladi. Sivilizatsiyani aynan shu ijtimoiy evrilishga duch kelgan «tuban» biologik quvvatlar yaratadi. Freydizm vakillari — A. Adler, K. G. Yung va b. 20-a. ning 30-y. lari oxirida neofreydizm kelib chikdi. U psixoanaliz bilan AQSH sotsiologax va etnografik nazariyalari qoʻshilishi jarayonida vujudga keddi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x