FRANSUZ TILI

FRANSUZ TILI — xindevropa tillari oilasining roman guruxiga mansub til; Fransiya, Fransiya Gvianasi, Gaiti, Monako, Benin, BurkinaFaso, Gabon, Gvineya, Kongo Demokratik Respublikasi, Kongo Respublikasi, Kot dʻIvuar, Mali, Markaziy Afrika Respublikasi, Niger, Senegal, Togo, Chad davlatlarining rasmiy tili; Belgiya Kirolligi, Shveysariya Konfederatsiyasi, Kanada, Lyuksemburg, Andorra, Kamerun, Madagaskar, Burundi, Ruanda, Komor Orollari Federativ Islom Respublikasi, Jibuti, Vanuatu, Seyshel Orollari davlatlaridagi rasmiy tillardan biri. Italiya va AQSHning belgili xududlarida ham tarqalgan. Soʻzlashuvchilarning umumiy soni 100 mln. kishidan, Fransiyaning oʻzida 57 mln. kishidan ortiqroq (oʻtgan asrning 90-y. lari). BMTning rasmiy va ishchi tillaridan biri.

Asosiy lahjalari: frans (hoz. Fransuz tilining tarixiy negizi), shim. (Belgiyadagi normand, pikard, vallon va b.), gʻarbiy (anjuy, gallo va b.), jan. gʻarbiy (puatevin), markaziy, jan. sharkiy (burgund, franshkont), sharkiy (lotaringiya, shampan), frankprovansal.

Fransuz tili istilochilar tili (lotin tili) va Galliya tub aholisi tillarining oʻzaro taʼsiri jarayonida shakllangan. Fransuz tili tarixi quyidagi davrlarga boʻlinadi: gallroman (5—8-a. lar), eski fransuz (9— 13-a. lar), oʻrta fransuz (14—15-a. lar), ilk yangi fransuz (16-a.), yangi fransuzklassik (17—18-a. lar) va hoz. fransuz (19-a. dan). Oʻrta asrlarda umumfransuz yozma tili maydonga keladi, 16-a. da milliy til (1539-y. dan davlatning rasmiy tili) shakllanadi. 17-a. da adabiy til meʼyori barqarorlashadi. 20-a. da adabiy va ogʻzaki nutq oʻrtasida sezilarli farq paydo boʻladi. Dastlabki yozma yodgorliklari 8—9-a. larga mansub.

Fonetik xususiyatlari sifatida urgʻusiz, ayniqsa, soʻz oxiridagi unlilarning reduksiyasi, urgʻuning asosan soʻnggi boʻgʻinga tushishi, urgʻu taʼsirida unlilarning oʻzgarishi, unlilar oʻrtasidagi va soʻz oxiridagi undoshlarning tushib qolishi va b. ni koʻrsatish mumkin. Fransuz tili morfologiyasi uchun analitizm xarakterlidir (murakkab zamon, nisbat, qiyosiy darajalarning analitik shakllari). Soʻzlarning morfologik jihatdan oʻzgarmaslikka moyilligi kuzatiladi. Bir kancha fammatik maʼnolar (jins, son, shaxs)ning ifodalanishi koʻpincha sintaksis sohasiga koʻchiriladi, yordamchi soʻzlar keng qoʻllanadi. Feʼl sohasida 4-mayl, 3 nisbat va keng tarmokdi zamon shakllari mavjud. Leksikasida gallardan sakdanib qolgan soʻzlardan tashqari franklar tilidan sakdanib qolgan muayyan qatlam ham mavjud. Fransuz tili rivojida adabiy lotin tili katta rol oʻynagan; undan koʻplab soʻzlar, soʻz yasalish qoliplari, sintaktik tuzilmalar oʻzlashgan.

Yozuvi bir qancha diakritik belgilar qoʻshilgan lotin alifbosi asosida shakllangan. Fransuz tili Belgiya, Shveysariya va Kanadada milliy variantlarga, Afrika mamlakatlarida esa, asosan, fonetik va lugʻaviy oʻziga xosliklarga ega.

Ad.: Balli Sh., Obщaya lingvistika i voprosы fransuzskogo yazыka, per. s frans., M., 1955; Balli Sh., Fransuzskaya stilistika, per. s frans., M., 1961; Referovskaya Ye. A., Formirovaniye romanskix literaturnыx yazыkov. Fransuzskiy yazыk, L., 1980; Gak V. G., Teoreticheskaya grammatika fransuzskogo yazыka, ch. I—II, M., 1986.

Abduvahob Madvaliyev, Ibodulla Mirzayev.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x