FRANKLAR

FRANKLAR — Quyi va Oʻrta Reyn boʻylarida mil. 3-a. da yashagan qabilalar ittifoqiga birlashgan german qabilalari guruhi (xamavlar, brukterlar, usibetlar, tenkterlar, sugambrlar va b.). Adabiyotlarda 2 guruhga boʻlingan. 1guruh (gʻarbiy Franklar)ning negizini sali (dengiz boʻyi; keltcha sal — dengiz) Franklari tashkil etgan. Ular dastlab Eysel daryosi boʻylarida, 4-a. oʻrtalarida esa Reyn daryosi sohillarida yashaganlar. 2guruh (sohil F.) Reyn daryosining yuqori qismi boʻylab Mayngacha boʻlgan hududda yashagan. Sali Franklari 4 a. oʻrtasida rimliklar tomonidan tormor etilgan, biroq federatlar huquqida Toksandriyada krldirilgan; 451-y. gunnlarga qarshi Katolaun jangit qatnashganlar. 5-a. boshida sali Franklari Galliyann Sommagacha egallaganlar. Frank davlati (5-a. oxiri — 9-a. oʻrtalari) tashkil topgan. Maas va Luara daryolari oraligʻida yashagan Franklar keyinchalik mahalliy aholi bilan singib ketib, shim. fransuz, shuningdek, vallon elatlari tarkibiga, Luaraning jan. rogʻida yashovchi Franklar esa, jan. fransuz (provansal) elati tarkibiga kirgan. Reyn daryosining quyi havzasida yashovchi Franklar gollandlar va flamandlarning etnogenezida katta rol oʻynagan. Reyn daryosining oʻrta oqimi boʻylab va Maas daryosi havzasida yashovchi Franklarda oʻziga xos etnik xususiyatlar saklanib qolgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x