FRANK GERS TAJRIBASI

FRANK GERS TAJRIBASIatom ichki energiyasining diskretligini isbotlovchi tajriba. Birinchi boʻlib 1913-y. da J. Frank va G. Gers oʻtkazgan. Simob bugʻiʻ bilan toʻldirilgan elektrovakuum nayning K katodi va S, toʻriga elektronlarni tezlatuvchi kuchlanish, S2 toʻr va A anodga esa sekinlashtiruvchi U kuchlanish berilgan va tok kuchi / ning U ga bogʻlanishi olingan. I sohada tezlashgan elektronlar II sohada simob atomlariga uriladi. Elektronlarning toʻqnashishdan keyingi energiyasi III sohadagi sekinlashtiruvchi kuchlanishni yengib oʻtishga yetarli boʻlsa, ular anodga yetib boradi. Demak anod toki / elektronlarning urilishda energiya yoʻqotishiga bogʻliq. Tajriba elektronning energiyasi Ye4,9 eV boʻlganda esa toʻqnashish noelastik boʻlib, har toʻqnashishda elektron simob atomiga 4,9 eV energiyasini berishini koʻrsatadi. Bu atomning ichki energiyasi uzluksiz oʻzgarmay, sakrab oʻzgarishini isbotlaydi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x