FOZILTEPA

FOZILTEPA, Qangʻli qoʻrgʻon — ilk oʻrta asrlarga oid arxeologik yodgorlik (5-a. oxiri — 12-a.). Toshkentning jan. gʻarbida, Izzasoy vodiysida joylashgan. U qozoqqangʻlilarning kuzatuv joyi boʻlgan, degan taxminlar bor. Aslida ilk oʻrta asrlardagi badavlat dehqon qasrkoʻshki xarobasi. Ya. Gʻ. Gʻulomov rahbarligidagi Toshkent arxeologiya otryadi tomonidan tekshirilgan (1967— 68). Foziltepaning saklanib krlgan bal. 20 m ga yaqin, uning shim. sharqida qishloq boʻlib, uning izlari 250 m gacha masofada qayd etilgan. Tepalik mayd. 41×35 m.

Foziltepada oʻtkazilgan stratigrafik tadqiqotlar ilk oʻrta asrlarda hayot 2 bosqichda davom etganligini kursatdi:

1) xoʻjalik chiqindilari toʻplangan qatlam va paxsa devor qurilgan davri (5-a. oxiri — 7-a. boshi);

2) paxsa supa ustiga qurilgan mustahkam bino (qasrkushk) mavjud boʻlgan davr (7-a. ning 2yarmi — 8-a.). F. da yashagan ilk odamlar soʻnggi Qovunchi madaniyatiga mansub boʻlganlari, shubhasiz. Foziltepa etagida olib borilgan qazishmalar natijasida tepalik atrofida paydo boʻlgan qishloqning yoshi aniqlangan. Tadqiqotlarga koʻra, qishloq nisbatan tekis yerda (har 2 yerdagi materik qatlam orasidagi farq 0,3 m dan oshmaydi) vujudga kelgan. Qishloq ancha katta hududni qamrab olgan, 6-a. ning 2yarmida uning xarobalarining bir qismida qasr yoki ark binosi bunyod etilgan. Foziltepadan sirlanmagan sopol idishlar: xumlar, xumchalar, dastali koʻzalar, kichik koʻzachalar (6—7-a.) topilgan.

Ad.: Drevniy Tashkent, T., 1973.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x