Suzish insonga nima beradi? Savol juda oddiy, albatta. Javobini hamma biladi: mustahkam sogʻliq, sportdagi sovrin nomi bilan aytsak, “oltin” salomatlik. Lekin bu mashgʻulot bilan shugʻullanish jarayonida aynan qancha vaqtda qanday oʻzgarishlar boʻlishini bilasizmi?
Bir daqiqa… stressdan xalos etadi. Suvga tushgan mahali ilk daqiqadanoq boʻgʻimlar ravon ishni, mayin foydali yuklamani bajaradi. Inson hech qanday noqulaylik sezmaydi. Butun tanasida yengillik his etadi. Tanglik, tigʻizlik yoʻqoladi.
… umrni uzaytiradi. Shu orqali inson oʻz hayotini “asrab qoladi”. Atigi besh daqiqa suzish yurak-qon tomir kasalliklariga chalinish xavfini suzish bilan umuman shugʻullanmaydigan kishilarga nisbatan uch barobarga kamaytiradi.
… salomatlikka “sarmoya” kiritadi. Insonga ikki stakan pivo qanchalar zarar keltirsa, oddiy usulda shuncha vaqt suzish organizmga xuddi oʻshancha qoʻshimcha foyda beradi. Suzganda kishining qirqdan ortiq mushak guruhlari baravar ishlaydi. Pivo isteʼmoli esa aynan shularning hayotiy faollik darajasiga salbiy taʼsir koʻrsatadi.
… Velosipedchini dogʻda qoldiradi. Yarim soat suzish – bir soat velosiped uchganda sarflanadigan energiya bilan barobar. Garchi suzganda barcha mushaklar faol harakatlansa-da, statistika boʻyicha suzuvchilarning jarohat olish xavfi velosipedchilarga qaraganda oʻn barobar kam.
… Bir qadam oldindasiz. Basseynda standart mashgʻulotni oʻtkazgan inson koʻp narsada yutadi. Bu – motivatsiya berish, qatʼiy tartib-intizomni shakllantirish bilan birga, bel, yelka, koʻkrak qafasi va qoʻllarni mustahkamlaydi.
… Ruhiy dadillik. Bir soat suzgan odam organizmida oʻziga xos tetiklik seziladi. Bunday mashgʻulotdan soʻng, sarflangan quvvatni tiklab olish uchun uglevodli biror mahsulot isteʼmol qilinsa, foydadan xoli boʻlmaydi.
… Qon aylanishi yaxshilanadi. Haftasiga kamida uch marta suzish ayni shunga olib keladi. Infarktga yoʻliqish ehtimoli esa 70 foizga qisqaradi. Bunday paytda organizm xolesterindan xalos boʻladi.
… Yaxshi kayfiyat va uyqu. Ruhiy ezilish, asabiylik borgan sari yoʻqoladi. Kayfiyat ijobiy tomonga oʻzgaradi. Uyqu sifati va davomiyligi oshadi.
… Butunlay boshqacha daraja. Jismoniy tayyorgarlik ikki hissa ortadi. Insonda kuch va chidamlilik paydo boʻladi. Ilk mashgʻulotni koʻz oldiga keltirganda, oʻrtadagi katta farq va natija yaqqol bilinadi.
… Qomat oʻzgaradi. Suzish bilan yarim yil shugʻullanib oynaga boqsangiz, tanangiz mutlaqo boshqacha koʻrinish hosil qilganini guvohi boʻlasiz. Endi shaxsiy tajriba bilan baham koʻrishingiz mumkin. Shunday ekan, suzishni hech qachon kanda qilmang.
https://saviya.uz/shaxsiy-tarbiya/foydasini-daqiqalar-belgilaydi/