FOYDALI QAZILMALAR HAVZASI — togʻ jinslarining maʼlum formatsiyasi bilan bogʻliq, qatlamli choʻkindi foydali qazilmalarining uzluksiz yoki deyarli uzluksiz tarqalgan berk oblasti. Foydali qazilmalar havzasi kumir (Kuznesk, Donesk, Moskva yoni va b.), neft va yonuvchi gaz (Amudaryo, Buxoro neftgaz oblasti b-n birga, Fargona, Fors qoʻltigʻi, Perm — AQSHda, Gʻarbiy Sibir, Meksika qoʻltigʻi va b.), noruda foydali kazilmalari (tuz havzalari — ArtyomovskSlavyansk, Irkutsk va b.), rudali (Krivoy Rog temir rudasi, Nikopolsk marganes rudasi va b.) konlar uchun xos. Foydali qazilmalar havzasi h maydoni bir necha yuz km2 dan bir necha yuz ming km2 gacha boʻlib, uning hududida yirik konchilik sanoati majmualari mavjud.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые