FOTIMIYLAR XALIFALIGI

FOTIMIYLAR XALIFALIGI, Fotimiylar davlati (909—1171) — Shim. Afrikada fotimiylar sulolasi boshqargan harbiyteokratik davlat. Ifriqiya (Tunis)da ismoiliylar harakati natijasida tugatilgan aglabiylar davlati oʻrniga tuzilgan.

910-y. da Rakkad sh. da ismoiliylardan boʻlgan imom Ubaydulla xalifa va maxdiy deb eʼlon qilingan. 10-a. oʻrtalariga kelib buyuk ismoiliylar davlatini tuzishga intilayotgan fotimiylar butun Shim. Afrikani va Sitsiliyani oʻzlariga boʻysundirib oldi. Oʻrta dengizda esa ularning floti yagona xukmron kuchga aylandi. 969-y. da fotimiylar qoʻshini Misrni bosib olgan, lashkarboshi Javhar Fustat yaqinida Qohira sh. ga asos solgan. Bu shahar 973-y. da ularning poytaxti boʻlib qolgan. 10-a. oxirida Fotimiylar xalifaligiga Jazoir, Tunis, Liviya, Misr, Suriya (Falastin bn), Gʻarbiy Arabiston (Hijoz, Yaman) kirgan. Fotimiylar markazlashgan harbiyteokratik davlat qurganlar. Hokimiyat meros sifatida tor doiradagi hukmron sinflarga oʻtar edi. Gʻayridinlar boʻlmish xristianlar va yahudiylarga nisbatan, asosan, bagʻrikenglik siyosati olib borilgan. Xoʻjalikning asosiy rivojlangan soxalari — dehqonchilik, mevachilik, sabzavotchilik va xunarmandchilik edi. 11 a. ga qadar yerning davlat tasarrufiga utkazish kuchaya borgan. Muiz davrida (953— 975) yerdan xiroj soligʻi olish qattiq nazorat qilingan. Hunarmandchiliqda qullarning mehnatidan foydalanishgan. Aleksandriya, Dametta, Tinnis sh. larida toʻqimachilik korxonalari mavjud boʻlgan. Teri, shisha, metall, sopol, qogʻoz va pergament mahsulotlarini i. ch. ham ravnaqtopgan. Fotimiylar xalifaligi Hindiston, Vizantiya, Italiyaning Amalyori, Venetsiya, Genuya, Piza sh. lari bilan muntazam savdo aloqalariga ega boʻlgan. Fotimiylar xalifaligining tilla tangasi oʻzining oliy sifati bilan ajralib turgan. Fotimiylar xalifaligi tomonidan Misr zabt etilganidan soʻng armiya mahalliy qullarning hisobiga yanada kuchaya borgan, natijada mustahkam siyosiy kuch shakllangan. 10—11-a. larda Fotimiylar xalifaligining maʼnaviy va maʼrifiy hayotida yuksalish davri koʻzga tashlanadi. Ilmfanning koʻpgina tarmoqlari, riyoziyot, handasa, mantiq, falsafa, falakiyot, geom., adabiyot, arab grammatikasi, geogr., tibbiyot, kimyo, fizika, biol., noshirlik, islomshunoslik, hadisshunoslik, dinshunoslik va tarjimonlikda sezilarli yutuqlarga erishilgan. 11-a. boshida Qohirada «Dor ulHikma» («Bilimlar uyi») shakllangan. Muxdmmad alXorazmiy, Ahmad alFargʻoniy, Abu Bakr arRoziy, Abu Rayhon Beruniy, Ibn Sino, Muhammad ibn Ismoil alBuxoriy, Muhammad atTermiziy, Abu Nasr alForobiy, Yaqub alKindiy, Ibn alHaysam, asSadafiy, Ibn Ridvon, Abu Xotim arRoziy, Homidaddin Kirmoniy singari olimlarning hayoti va faoliyati «bilimlar uyi» bilan uzviy bogʻlangan edi. «Bilimlar uyi»ning saloqiyati va mashhurligining oshishida Movarounnahr olimlari va mutafakkirlarining hissasi nihoyatda katta boʻlgan. 11-a. oʻrtalarida Misrda mislsiz qurgʻoqchilik tufayli yuzaga kelgan ochlik va epidemiya koʻp zarar yetkazgan. Armiyada esa, turklar va sudanliklar oʻrtasida ziddiyatlar kuchayib ketgan. Xalifa Muntasir vaziyatni boshqara olmay hokimiyatni xarbiy sarkarda Badr al Jamaliyga topshirgan va uni vazir etib tayinlagan. Boshboshdoqliklar va ziddiyatlar Fotimiylar xalifaligining barcha ijtimoiy qatlamlariga kirib borgan. Vazirlarning mavqei osha borgan. Muntasir (1094) va Amir (PZO)ning vafotidan soʻng, mustamlaka xalklarning kurashi avj olgan, bu omillar Fotimiylar xalifaligining parchalanishiga olib kelgan. 1048-y. da Shim. Afrika F. x. dan ajralib chiqqan. 1071-y. da Sitsiliya normannlar tomonidan bosib olingan. Misrdan salibchilar siqib chiqarilgan, natijada 1169-y. da Fotimiylar xalifaligining vaziri etib harbiy capkarda Salohiddin tayinlangan. U oxirgi fotimiylar xalifasi Adidni agʻdarib, hokimiyat toʻntarishini amalga oshirgan (1171). Misrda ayyubiylar sulolasining hukmronligi oʻrnatilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x