Fosih Havofiy

Tarjimai hol

Tarixshunos, shoir, davlat arbobi Fosih Havofiy 1375 Ruy (Xurosondagi Xaf viloyati markazida) tug‘ilgan. Hirotda voyaga yetib, o‘sha yerda tahsil olgan. Amir Temurning o‘g‘li Shohruh hamda uning o‘g‘li Boysunqur Mirzolarning saroyida yuqori lavozimlarda xizmat qilgan, jiddiy diplomatik  vazifalarni bajargan. 1442 yil Hirotda (Afg‘oniston) vafot etgan.

Fosih Havofiyning yagona asari “Mujmal-i Fasixi” (“Tarixiy sanalar yig‘indisi”) ma’lum. Unda voqealar tarixiy ketma-ketlikda bayon etilgan, ayniqsa, 1301-1442 yillardagi voqealar bayonoti — Temur va Temuriylar tarixi bilan bog‘liq qismi qadrli ma’lumot hisoblanadi. Asarda o‘z davrining davlat arboblari va adabiyotshunoslari haqida ma’lumot keltirilgan; avlodlar haqidagi asosiy tarixiy manbalar, mahalliy joylashuvlar, o‘z davrining ma’lum soliqlari, uzunlik va og‘irlik o‘lchov birliklari, tabiiy ofatlar, ichki nizolar va eng asosiysi, bularning barchasi aniq sanalar bilan keltirilgan.

Fosih Havofiyning zamondoshi Kotib Turshizi Nishopuriy uning ulkan she’riy iqtidori haqida yozgan, Isfizoriy (1494 yil vafot etgan) va Alisher Navoiylar u haqda o‘qimishli inson va ajoyib shoir deb yozishgan.

V.V.Bartold o‘zining “Mo‘g‘ullar istilosi davrida Turkiston” asarida (1900 yil) mazkur asarning nodirligi haqida ta’kidlaydi.

Mazkur asar qo‘l yozmalarining nusxalari London, Kembrij, Bankipur, Tabriz, Sankt-Peterburg, Bengaliya va Tbilisi shaharlarida saqlanib kelinadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x