FOSFOR OKSIDLARI — fosforning kislorod bilan hosil qilgan birikmalari. Fosfor oksidlaridan fosfor (Sh)oksid yoki fosfit angidrid R2O3, fosfor (U)oksid yoki fosfat angidrid R2O, va fosfor (GʻU)oksid (RO2)p muhim ahamiyatga ega. Ularning molekulalari dimer holda, yaʼni R4O6, R4O10 va R2O4 (fosfor qoʻsh oksid) shaklida mavjud.
Fosfor (Sh)oksid, R2O, — rangeiz modda. Suyuqlanish trasi 23,8°, qaynash trasi 173,7°, zichligi 2,135 g/sm3. Suv, uglerod sulfid va benzolda yaxshi eriydi. Sovuq suvda eriganda fosfit kislota N3RO3, issiq suvda esa erkin fosfor, fosfin, fosfat kislota va b. birikmalar hosil qiladi. Havoda astasekin fosfat angidridgacha oksidlanadi. 210°da RO2 va qizil fosforga parchalanadi. Fosfit angidrid fosforga cheklangan mikdorda havo taʼsir ettirish yoʻli bilan olinadi. Organik sintezda koʻplab ishlatiladi.
Suv taʼsirida fosfat kislotaaarta aylanadi. Sanoatda fosfat angidrid fosforni kislorodi koʻp havoda kuydirish yoʻli bilan hosil qilinadi. Fosfat angidrid gazlardagi namni, suyuqliklardagi suvni yutuvchi vosita, kimyoviy sintezlarda kondensatsiyalovchi modda sifatida qoʻllanadi. R2O5 shilliqpardalarga taʼsir etadi, yoʻtaltiradi, boʻgʻadi, terini kuydiradi, shu sababli u bilan ishlaganda xavfeizlik texnikasiga rioya qilish lozim.