FORYOB, Pareb, Baryob — oʻrta asrlarda Xurosonga mansub viloyat va shaqar. Foryob va forob soʻzlarining maʼnosi bir boʻlib «haydalgan, ishlov berilgan yer» yoki «sugʻoriladigan yer»ni anglatgan. Gardiziytsht yozishicha, sosoniylardan Feruz ibn Yazdigard II (459—484-y. larda hukmronlik qilgan) asos solgan. Arablar istilosi arafasida Foryob alohida mustaqil mulk markazi boʻlgan. Uning hokimi Tursul dehqon unvoniga ega boʻlgan. 7-a. ning 3choragida Foryobni arablar egallagan. 8-a. boshida arablar Foryob viloyatidan 70 ming dirham miqdorida xiroj soligʻi, 820—827-y. larda esa 55 ming dirham olganlar. Foryob axrlisi Toxariston xalqlarining arablarga qarshi qoʻzgʻolonlarida bir necha bor qatnashgan. Foryob viloyatini boshqargan arablar noibi qarorgohi Yahudon sh. boʻlgan. 10-a. da, Somoniylar va Farigʻuniylar davrida Foryob shaxri va viloyati Guzganon shohiga tobe etilgan. Foryob savdo-sotiq rivojtopgan chiroyli shahar boʻlgan. Foryobda minorasi boʻlmagan jome masjidi boʻlgan, shahardagi hamma binolar paxsadan qurilgan, shaharda hunarmandchilikning deyarli barcha turlari taraqqiy etgan. 1220-y. F. shahri moʻgʻullar tomonidan vayron qilingan va u 16-a. ning 1yarmida xaroba holga kelgan, soʻngra qayta tiklangan. Foryob — hoz. Afgʻonistonning shim. gʻarbidagi kichik viloyat nomi. Markazi — Davlatobod sh. B. A. Ahmedovnknt fikricha, Davlatobod yaqinidagi Salurtepa sh. xarobasi Foryobning qoldiqlari hisoblanadi. Davlatobod sh. ning oʻzi manbalarda 17-a. boshidan qayd etilgan.
Ad.: Axmedov B. A., Istoriya Balxa, T., 1982; Kamaliddinov Sh. S, Istoricheskaya geografiya Yujnogo Sogda i Toxaristana po araboyazыchnыm istochnikam IX — nachala XIII vv., T., 1996.